Version: 20250817
Virtour.fr - visites virtuelles
Universal kirillcha avto-dekoder
You are on a "mirror" site. For the original, probably more up-to-date program,
please visit 2cyr.com/decode.
Natija
Natijaviy matn bu yerga chiqariladi...
Mehmonlar kitobi
Iltimos, ushbu sahifaga ishorat qo'ying!
<a href="https://2cyr.com/decode/">Universal kirillcha dekoder</a>
|
Custom Work
For a small fee I can help you quickly recode/recover large pieces of data - texts, databases, websites... or write custom functions you can use (invoice available). FAQ and contact information.
|
Dastur haqida
Assalomu alaykum!
Agarda sizga biror matn (kirillcha bo'lishi mumkin) yuborishgan bo'lishsa-yu, lekin u g'alati ramzlardan iborat va tushunarsiz bo'lib ko'rinsa, ushbu sahifa sizga yordam berishi mumkin. Dastur kodlanmani aniqlashga urinadi, agar bu ish bermasa, o'zingiz tanlab olishingiz uchun barcha kodlanmalar kombinaciyalaridan namunalar ko'rsatadi.
Ishlatish
- Matnni deshifratorning katta matn maydoniga ko'chiring. Ilk bir necha so'z tahlil etiladi, shuning uchun ularda (kodlangan) kirillcha yozuv bo'lsa nur ustiga a'lo nur.
- Dastur matnni dekodlashga urinib ko'radi va natijani pastdagi maydonga chiqaradi.
- Omadli dekodlashda siz kirillchadagi matnni ko'rasiz, kerak bo'lsa, uni ko'chirib, saqlab qo'yishingiz mumkin.
- Omadsiz dekodlashda (ya'ni, chiqarilgan matn kirillcha emas va hali ham o'sha tushunarsiz ramzlardan iborat) yangi ochiluvchi ro'yxatdan kirillcha variant tanlashingiz mumkin (agar ular ko'p bo'lsa, eng uzunini tanlang). OK'ni bosib, dekodlangan matnni olasiz.
- Agarda matn faqat qisman dekodlangan bo'lsa, ochiluvchi ro'yxatdan boshqa variantlarni tanlab ko'ring.
Cheklovlar
- Agar matningiz so'roq belgilaridan ("???? ?? ??????") iborat bo'lsa, muammo jo'natuvchidadir va buni tuzatishning iloji yo'q. Jo'natuvchidan matnni matn fayli shaklida qayta jo'natishni so'rang.
- Hatto matnning kirillcha yozilganligiga 100% amin bo'lsangiz ham, uning to'g'ri dekodlanishiga kafolat yo'q.
- Tahlil qilinuvchi va dekodlanivchi matn hajmi 100 kb'dan ko'p bo'la olmaydi.
- Dastur doim yuz foizlik aniqlikda ishlamaydi: dekodlashda bir kodlangan sahifadan boshqasiga bolgar qavslari, boshqa harflar kabi ba'zi ramzlar o'tib qolishi mumkin.
- Dastur ikki-uch kodlanmadan eng ko'pi bilan 8280 dona variantni tekshiradi: agar ko'p marotaba koi8(utf(cp1251(utf))) kabi dekodlash yuz bergan bo'lsa, matn tanilmaydi yoki tekshirilmaydi. Odatda ilojli va ko'rsatiluvchi variantlar soni 32 va 255 orasida yotadi.
- Agar matnning turli qismlari turli kodlanmalarda kodlangan bo'lsa, dastur bir martada faqatgina bir qismni dekodlay oladi.
Ishlatish shartlari
Iltimos, ushbu bepul dasturning foyda keltirish umidida, lekin hech qanday bevosita yoki bilvosita kafolatlarsiz yaratilganiga e'tibor qiling. Siz bu dasturdan o'z xataringizga foydalanyapsiz (ya'ni, ushbu dasturdan zarar ko'rsangiz, faqat o'zingizni ayblashingiz mumkin).
Agar juda uzun matnni dekodlamoqchi bo'lsangiz, avval uning ehtiyot nusxasi borligiga ishonch hosil qiling.
Translation
Uzbek language translation by Abdullaga -> mailto:abdulla [snail] pixel [period] uz.
Other translations are in preparation on this page.
Kirillcha virtual klaviatura ga qayt.